Tashabbusli byudjet – aholi muammolariga ishonchli yechim
2026-02-06 10:00:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi majlislar zalida iqtisodiyot va moliya bo‘limi moderatori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi PQ-264-sonli “Tashabbusli byudjet” jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida xamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi taqdimoti MFY raislari va byudjet tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Unda loyiha bo‘yicha 2026-yil dasturiga kiritilgan bir qator yangiliklar, o‘zgarishlar va shu jumladan, sherikchilik asosida, birgalikda moliyalashtirish tartibi va 1-mavsumga tayyorgarlik bilan bog‘liq ma’lumotlar tushuntirildi va savollarga javoblar berildi.





