O‘rda mahallasida Murojaat o‘qib-o‘rganildi
2026-01-21 16:30:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 26 dekabrdagi Parlamentga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatlarida shunday ilhombaxsh satrlar bor. Bu so‘zlar bizni shukronalikka, ertangi kunga ishonch bilan qarashga da’vat etadi.
Murojaatni o‘qib-o‘rganishga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bugun O‘rda mahallasi aholisi bilan o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ahadjon Mirzaev, professor Ikromjon Solievlar milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlar tarbiyasi masalalarida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalarga to‘xtaldilar. Tuman hokimi Sherali Qosimov o‘tgan yili tuman bo‘yicha birgina hududlar infratuzilmasini yaxshilashga 250 milliard so‘m mablag‘ sarflangani, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da bu miqyos yanada ortishini misollar bilan tushuntirib o‘tdi. Nuroniylardan munosabatlar eshitildi.
Tadbir yakunida shu mahallada yashovchi Tojiddin Toshpo‘latov xonadonida ko‘chatchilik, chorvachilik bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ibratli ishlar bilan tanishildi. Shunday namunali oilalar yanada ko‘payishi uchun targ‘ibotni kuchaytirish belgilandi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati





