Murojaatnoma – xalq e’tiborida
2026-01-19 16:00:00 / Yangiliklar

Tadbirni tuman hokimi Sherali Qosimov To‘raqo‘rg‘onda xalq turmush farovonligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi bilan boshlab berdi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da bu ishlar yanada salmoqli bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ahadjon Mirzayev, uyushma respublika boshqaruvi raisining maslahatchisi Shahboz Rahimov, Namangan davlat chet tillar instituti professori Muzaffar Xo‘jamovlar o‘z so‘zlarida tinchlik va farovonlik ta’minlangan mamlakatimizning ertangi kuni yanada taraqqiy topishi uchun har bir fuqaro mas’ul ekanliklari haqida gapirdilar. Bu da’vatlar aynan Murojaatnomada bayon etilgan.
Keyingi yillarda xalqimizning dunyoqarashi oshib, halol mehnat orqali chiroyli turmush tarzi yaratishga intilmoqdalar. Seminardan so‘ng Zarbdor mahallasida yashovchi chevar-hunarmand Qunduzxon Ro‘zimova, Zarbdordan chorvachilik bilan shug‘ullanib, yiliga 300-400 million so‘m daromad topayotgan Akromjon Xalilullayev xonadonlariga borildi. Ularning tajribasini ommalashtirish bo‘yicha mahalla raislari bilan fikrlashib olindi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati







