Shaxsiy qabul
2026-11-03 10:45:00 / Yangiliklar

Xalq dardi va ijtimoiy himoya masalalari amaliy yeçim topmoqda
Toşkent tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari I.Saidikarimov iştirokida navbatdagi şaxsiy qabul ötib, unda aholini, xususan, yoşlarni qiynayotgan dolzarb muammolar joyida hal etildi. Mamlakatimizda fuqarolar murojaatlari bilan işlaş tizimi davlat va xalq örtasidagi oçiq muloqotning eng samarali mexanizmiga aylangani uşbu jarayonda özining yaqqol ifodasini topdi. Muloqot davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qöllab-quvvatlaş hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi köplab masalalar yuzasidan bevosita amaliy yeçimlar izlandi.
Oçiq va samimiy ruhda keçgan uçraşuvda har bir fuqaroning dardi va takliflari birma-bir tinglanib, mutaxassislar iştirokida çuqur tahlil qilindi. Murojaatlarni tezkor, ijobiy va adolatli hal etiş maqsadida tegişli taşkilot va idoralar mas’ullariga aniq muddatli körsatmalar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Bu kabi amaliy tadbirlar xalqimizning davlat idoralariga bölgan işonçini mustahkamlaş, inson qadrini uluğlaş hamda xalq rozi bölişi yölidagi olib borilayotgan islohotlarning amaldagi natijasi bölib xizmat qiladi.
