#EʼLON
2026-11-03 10:40:00 / Yangiliklar

Toşkent tumanida aholi murojaatlarini hal etişning mutlaqo yangi tizimi yölga qöyildi
Aholi muammolarini tezkor va ijobiy hal etiş maqsadida Toşkent tumani hokimi hamda uning barça örinbosarlari har haftada tuman Xalq qabulxonasi binosida muntazam şaxsiy qabullar ötkazişni boşladi. Uşbu amaliy sa'y-harakatlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi videoselektor yiğilişida berilgan topşiriqlar ijrosini ta'minlaş, fuqarolarning dardu taşvişlarini bevosita eşitiş hamda ularning uzoğini yaqin qiliş maqsadida yölga qöyilmoqda.
Endilikda tumanimiz fuqarolari özlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan töğridan-töğri rahbarlarga murojaat qilişlari va joylardagi muammolarni qisqa muddatlarda samarali hal etib, uning qat'iy ijrosini ta'minlaş imkoniyatiga ega böladilar.
