#Şaxsiy_qabul
2026-10-26 21:15:00 / Yangiliklar

#Şaxsiy_qabul
Xalq qabulxonasida şaxsiy qabul ötkazildi
Joriy yilning 26-oktabr kuni Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlari bilan işlaş maqsadida navbatdagi şaxsiy qabul jarayoni taşkil etildi. Uşbu qabul Toşkent tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği R. Rixsiyev tomonidan ötkazildi.
Mazkur qabul davomida mas’ul rahbar tomonidan bir nafar fuqaro şaxsan qabul qilindi. Yakkama-yakka tartibda taşkil etilgan muloqotda fuqaro özini qiynayotgan masalalar yuzasidan töğridan-töğri tuman hokimining birinçi örinbosariga murojaat qiliş imkoniyatiga ega böldi.
Qabulda iştirok etgan fuqaroning murojaati batafsil tinglanib, masalani ijobiy hal etiş hamda qonuniy yeçim topiş maqsadida tegişli tartibda nazoratga olindi. Xalq qabulxonalarida ötkazilayotgan bu kabi jarayonlar bevosita aholi muammolarini örganiş va ularni ijobiy hal etişga xizmat qiladi.
