#Shaxsiy_qabul
2026-10-07 10:50:00 / Yangiliklar

#Shaxsiy_qabul
Xalq qabulxonasida aholi uchun shaxsiy qabul o'tkazildi
Mamlakatimizda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida joriy yilning 5-oktabr kuni Toshkent tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi. Unda tuman hokimining o'rinbosari I.Saidikarimov ishtirok etib, aholining yoshlar masalalari, ijtimoiy himoya va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid muammolarini ochiq muloqot tarzida tingladi.
Uchrashuv davomida ko'tarilgan har bir murojaat mutasaddilar tomonidan chuqur tahlil qilinib, ularning qonuniy yechimi yuzasidan mas'ullarga aniq ko'rsatmalar berildi va amaliy choralar belgilab olindi. Bu kabi to'g'ridan-to'g'ri muloqotlar aholi muammolarini tezkor hal etish bilan birga, xalq va davlat idoralari o'rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
