Shaxsiy qabul
2026-09-14 15:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 14-sentabr kuni Toshkent tumani Xalq qabulxonasida fuqarolarning muammolarini o‘rganish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari R.Rixsiyev boshchiligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda aholini qiynayotgan masalalar atroflicha tinglandi. Har bir murojaat qonuniy doirada ko‘rib chiqilib, ularni tezkor va ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu jarayon inson qadrini ulug‘lash hamda el-yurt farovonligini ta'minlashga qaratilgan davlat siyosatining mantiqiy davomi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi va rahbarlar o‘rtasida haqiqiy muloqot maydoniga aylangan bunday yuzma-yuz uchrashuvlar davlat va xalq o‘rtasidagi ishonch ko‘prigini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Natijada, fuqarolarning hayotiy muammolari tezkorlik bilan bartaraf etilib, ularning bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashiga zamin yaratilmoqda.

