Shaxsiy qabul
2026-08-18 16:05:00 / Yangiliklar
Navbatdagi shaxsiy qabul tafsilotlari

Joriy yilning 18-avgust sanasida Toshkent tumani hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i R. Zaripov navbatdagi shaxsiy qabulini o'tkazdi. Unda hududning iqtisodiy rivoji, tadbirkorlik tashabbuslari hamda fuqarolarimizni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha tahlil qilindi.
Qabul davomida har bir fuqaro bilan yuzma-yuz suhbatlashib, bildirilgan taklif va shikoyatlar diqqat bilan tingladi. Aniq yechim talab etadigan masalalar nazoratga olinib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilandi.


