Shaxsiy qabul
2026-08-11 13:25:00 / Yangiliklar

#Shaxsiy_qabul
Aholi muammolariga e'tibor: navbatdagi shaxsiy qabul jarayoni bo'lib o'tdi
Inson qadrini ulug'lash va el-yurt farovonligini ta'minlash yo'lidagi ezgu ishlarning amaliy ifodasi sifatida joriy yilning 10-avgust kuni Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul jarayoni tashkil etildi. Chinakam muloqot va e'tibor maydoniga aylangan ushbu qabul Toshkent tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i R.Rixsiyev tomonidan olib borildi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotganini chuqur his etgan holda o'tkazilgan mazkur jarayon xalq va davlat o'rtasidagi ishonch ko'prigini yanada mustahkamlashga qaratilgan amaliy qadamlardan biri bo'ldi.
Yakkama-yakka tartibda, samimiy va ishonch ruhida kechgan qabul davomida mas'ul rahbar tomonidan bir nafar fuqaroning dardi shaxsan tinglandi. O'zini qiynayotgan hayotiy masalalar yuzasidan to'g'ridan-to'g'ri tuman hokimining birinchi o'rinbosariga yuzlangan fuqaroning dardi e'tiborsiz qolmadi; masalani ijobiy hamda qonuniy yechimini topish maqsadida murojaat tegishli tartibda qat'iy nazoratga olindi. Xalq qabulxonalarida izchillik bilan o'tkazilayotgan bu kabi muloqotlar bevosita aholi g'am-tashvishlarini o'rganishga, odamlarning og'irini yengil qilib, muammolarini amalda ijobiy hal etishga xizmat qilmoqda.
