Sayyor qabul
2026-07-20 16:45:00 / Yangiliklar

Toshkent tumani Nurhayot mahallasida aholi muammolariga yechim topish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi
Toshkent tumani Nurhayot mahallasida hudud aholisining turmush sharoitini yaxshilash va joylardagi dolzarb masalalarni tizimli o'rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu ochiq muloqot Toshkent tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i R. Rixsiyev boshchiligida o'tkazildi.
Mazkur uchrashuvni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad — aholi muammolarini bevosita o‘rganish, fuqarolarning dardu tashvishlarini tinglash va kelib tushgan murojaatlarga tezkor hamda qonuniy yechim topishdan iborat bo'ldi. Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy yordam, bandlikni ta'minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va turmush sharoitlarini yaxshilash yuzasidan qilingan murojaatlar mutasaddilar tomonidan birma-bir tinglandi.
Yuzma-yuz muloqot va samimiy suhbat jarayonida ko'tarilgan ko'plab masalalarga shu joyning o'zida ijobiy yechim topildi. Qo'shimcha vaqt va chuqur o'rganish talab etiladigan o'ziga xos murojaatlar bo'yicha esa mas'ul rahbarlarga aniq ko'rsatmalar berilib, ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi. Bu kabi xalq bilan muloqotlar tumanda kambag'allikni qisqartirish, iqtisodiy taraqqiyotni yuksalishiga xizmat qilish hamda aholi farovonligini ta'minlashda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.




