Uchrashuv
2026-07-20 16:20:00 / Yangiliklar

Darxon mahallasi zamonaviy qiyofaga kiradi: obodonlashtirish va farovonlik yo'lidagi muloqot
Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida Darxon mahallasi "yettiligi" ishtirokida hudud hayotiga daxldor muloqot bo'lib o'tdi. Aholi farovonligini ta'minlash, ijtimoiy muhitni sog'lomlashtirish hamda boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan mazkur uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi chuqur tahlil qilindi. Har bir mas'ulning xalq oldidagi burchi va hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi o'rni ta'kidlanib, ishlarni aniq rejalar asosida, tizimli tashkil etish hamda tomorqachilikni rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish bo'yicha qat'iy ko'rsatmalar berildi.
Uchrashuv davomida mahalla faollarining axborotlari tinglanar ekan, tuman rahbari tomonidan aholini xushnud etuvchi muhim xushxabar — Darxon mahallasini "Yangi O'zbekiston" qiyofasidagi obod va ko'rkam maskanga aylantirish maqsadi alohida ta'kidlab o'tildi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida hududdagi ko'p kvartirali uylar fasadlarini to'liq ta'mirlash, ularning me'moriy holatini zamonaviy andozalarga moslash hamda kelajagimiz egalari bo'lgan bolajonlar uchun barcha qulayliklarga ega, xavfsiz bolalar o'yingohlarini tartibga keltirish kabi ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi ko'zda tutilganligi dildan ma'lum qilindi.
Bildirilgan bolalar o'yingohinii ta'mirlash singari bir qator dolzarb masalalar ham e'tibordan chetda qolmadi. Qayd etildiki, bu kabi ijtimoiy masalalar mahallani yangicha qiyofaga kiritish bo'yicha boshlanadigan keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari bilan hamohang tarzda o'zining to'liq yechimini topadi.




