Mustaqillik 35
2026-07-15 17:25:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning qutlug' sanasiga bag'ishlangan fayzli tadbirlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi arafasida jonajon yurtimizning har bir go‘shasida bayram shukuhi kezmoqda. Davlatimiz rahbarining tegishli qarori ijrosini ta'minlash hamda ushbu tarixiy sanani munosib nishonlash maqsadida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ezgu g‘oyasi ostida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, Toshkent tumanining barcha mahallalarida ham xalqimizning o'z Vataniga bo'lgan cheksiz muhabbati va shukronalik tuyg'ularini o'zida mujassam etgan madaniy uchrashuvlar qizg'in pallaga kirdi.
Ana shunday fayzli tadbirlardan biri joriy yilning 14-iyul kuni A.Navoiy mahallasi aholisi ishtirokida 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Tuman Madaniyat bo‘limi hamda ijodkorlar hamkorligida tayyorlangan yorqin konsert dasturi barchaga chinakam manzur bo'ldi. Dilrabo kuy-qo'shiqlarda milliy qadriyatlarimiz, tinchlik va hamjihatlik tarannum etilib, yig'ilganlar qalbiga o‘zgacha quvonch hamda ko‘tarinki bayramona kayfiyat ulashildi.
📸Jarayon fotolavhalarda.



