Rasmiy munosabat
2026-02-11 09:35:00 / Rasmiy munosabat
Ushbu video Sardor Poyonov tayyorlagan bir yoqlama, kesib-buzilgan “jurnalistik tekshiruv”ga rasmiy nuqta qoʻyish maqsadida tayyorlandi.
Shu bois, Poyonov alohida intervyuga chaqirilmadi. Sabab oddiy: u avval ham chaqirilgan mutaxassislar bilan intervyu olib, ularning soʻzlarini kesib, oʻzi xohlagan kontekstda taqdim etgan.
Bu safar barcha savollarga ochiq, toʻliq va bevosita javob berildi.
Toshkent tumani hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari v.v.b. Nodir Bozorboyev va Davlat kadastrlar palatasi Toshkent tumani filiali rahbari Otabek Xoldorov ishtirokida masalaga oydinlik kiritildi.
Eng muhimi — videoda tarqatilgan - “otangga bor”, “onangga bor” deya iddao qilingan soʻzlar -TUHMAT VA YOLGʻON.
Bu gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi va qonunga zid ravishda shakllantirilgan montaj mahsulidir.
Davlat xizmatchisining ovozini roziligisiz yozish, materialni kesib haqiqatni burmalash, shaxs obroʻsini tushirish — qonun bilan taqiqlangan. Bu fikr emas, javobgarlikka olib keluvchi xatti-harakat.
Videoni sinchkovlik bilan, boshidan oxirigacha tomosha qilishni tavsiya etamiz.
Faktlar oʻzi gapiradi.
❌ Yolgʻon — jurnalistika emas.
❌ Tuhmat — soʻz erkinligi emas.
❗️Qonun hamma uchun barobar.
https://youtu.be/9FmL0bbiZi8?si=p7uFASW4Es9U9j4G
