Uch avlod uchrashuvi
2026-02-11 09:20:00 / Yangiliklar

Toshkent tumanida jamoat xavfsizligini taʼminlash, tinch va barqaror ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan “Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi maslahatchisi, general-mayor Sayfulla Asadov, isteʼfodagi general-mayor Ahmadjon Usmonov, mehnat faxriysi, polkovnik Xamidjon Mirzaraximov, Toshkent viloyati “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Abdusamad Nosirov, tuman hokimiligi, tegishli huquq-tartibot idoralari rahbarlari, “qizil” toifaga kiritilgan mahalla yettiligi, yoshlar hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida jamoat xavfsizligini taʼminlashda oila, mahalla va jamoatchilik hamkorligini yanada kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish hamda ularning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir jarayonida katta avlodning hayotiy saboqlari, o‘rta avlodning amaliy tajribasi va yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi bir nuqtada tutashdi. Bu esa xavfsiz jamiyat faqat qonunlar bilangina emas, balki hamjihatlik, befarq bo‘lmaslik va umumiy masʼuliyat asosida barpo etilishini yana bir bor namoyon etdi.
Tadbir yakunida jamoat xavfsizligini taʼminlashdagi faolligi va fidoyiligi uchun 10 nafarga yaqin profilaktika inspektorlari hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi esdalik sovg‘a va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.









