Yigʻilish
2026-02-09 10:40:00 / Yangiliklar

#Yigʻilish
Xavfsizlik, tartib va vatanparvarlik — amaldagi saʼy-harakatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-polkovnik Tashmatov Baxodir Xamidovichning Toshkent tumaniga tashrifi joylarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish hamda vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishishga bagʻishlandi.
Tashrif doirasida Uch-chinor mahallasi fuqarolar yigʻini, shuningdek, Gultepa mahallasi hududida joylashgan Qoplonbek blok bojxona-posti hamda 9-umumtaʼlim maktabi faoliyati koʻzdan kechirildi. Maktab huzuridagi vatanparvarlik yoʻnalishidagi “Jasorat” maktabi faoliyati bilan tanishilib, yosh avlodni Vatanga sadoqat, intizom va masʼuliyat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Oqibat mahallasiga tashrif buyurilib, mahalladagi jinoyatchilik holati boʻyichamahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Muloqot davomida mavjud muammolar, ularning sabablari va bartaraf etish boʻyicha amaliy takliflar muhokama qilindi.
Tashrif yakunida Toshkent tumani hokimligida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, tuman prokurori v.v.b. M. Shukrullayev, IIB boshligʻi A.Mullajanov, tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi S.Abdualiyev, tuman DXX rahbari hamda huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda jamoat xavfsizligini mustahkamlash, mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.









