Dolzarb
2026-01-30 16:20:00 / Yangiliklar

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligida Toshkent tumanida jamoat xavfsizligini mustahkamlash va jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur muloqot davlatimiz rahbari tomonidan xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini joylarda ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni belgilab olish imkonini berdi.
Barcha tuman va shaharlarda, ayniqsa, Toshkent shahriga tutash hududlarda tinch va barqaror muhitni har qachongidan ham sog‘lomlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini kuchaytirishni bugun zamonning o‘zi taqozo etmoqda.
Qayd etilganidek, maqsad — muammolarni umumiy muhokama qilish emas, balki aniq yechimlar va ta’sirchan mexanizmlarni ishga tushirishdan iboratdir.






