Vatanparvarlik oyligi
2026-01-19 12:40:00 / Yangiliklar

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Yanvar — “Vatanparvarlik oyligi” doirasida yoshlar ongida fidoyilik va jasorat tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada 10–11-sinf oʻquvchilari hamda “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari faol ishtirok etib, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikda oʻz mahoratini namoyon etdilar. Bellashuvlar yakunlariga koʻra, 10-“YE” sinf jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin 11-“B” sinf jamoasiga, uchinchi oʻrin esa 11-“A” sinf jamoasiga nasib etdi.
Tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va masʼuliyat tuygʻularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.






