
HASHAR

🌳Hashar doirasida mahallalar, ko‘p qavatli uylar va hovlilar atrofi tartibga keltiriladi hamda ko‘chalar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, bolalar maydonchalari ta’mirlanishi, daraxtlarga ishlov berilib, yangi ko‘chatlar ekilishi, “Yashil makon” loyihasi doirasida hududlar ko‘kalamzorlashtirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashiladi.


