Toyloq tumani hokimi Nurafshon mahallasida bo‘ldi
2026-06-20 09:00:00 / Yangiliklar
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev nuroniylar va faxriylar ishtirokida Nurafshon mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida XIX asrga oid madaniy meros obyekti — Gadoyqushchi qabristonini obod etish va uni ziyoratchilar uchun munosib maskanga aylantirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur tashabbus mahalla faollari tomonidan ilgari surilgan.
Ishlarni boshlash arafasida ziyoratgohda Qur’on tilovat qilinib, maskanning yanada obod va fayzli dargohga aylanishi uchun duolar qilindi.
Ayni paytda loyiha hujjatlari tasdiqlash jarayonida bo‘lib, yaqin kunlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlanishi rejalashtirilgan.






