Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi bo‘yicha forum va taqdirlash marosimida nutq so‘zlamoqda.


Davlat xizmatlarini raqamlashtirish, hujjat almashinuvi jarayonlarini soddalashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun qulay, shaffof va samarali boshqaruv tizimini yaratish maqsad qilingan.
2030 yilga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, qog‘oz hujjatlar ulushini kamaytirish, elektron xizmatlar qamrovini kengaytirish hamda idoralararo ma’lumot almashinuvini avtomatlashtirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.