17-mart – AOS hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
2025-03-13 14:30:00 / Qo'mita yangiliklari
17-mart – AOS hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
▫️2025-yil fevral oyi uchun – paket kodi 10104_35
Videoqo‘llanma
Asosiy soliq stavkasi 4% saqlanib qoldi, elektron savdo uchun bu stavka 3% bo‘ldi. Chakana savdo sohasida va dorixona tashkilotlari uchun stavkalar faoliyatni amalga oshiradigan joyiga bog‘liq. Soliq to'lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy summada to‘lash huquqiga ega:
yillik jami daromadi 500 mln so'mgacha – yiliga 30 mln so‘m;
yillik jami daromadi 500 mln so‘mdan yuqori – yiliga 40 mln so‘m.
Qat’iy summada aylanmadan soliq to‘lovchilar ushbu soliq bo‘yicha va dividend ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha hisobotlarni topshirmaydilar.