Shahrisabzda yoshlar uchun muhim uchrashuv!
2025-05-21 12:30:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahar Yoshlar markazida “O‘zbekiston yoshlari va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvning inklyuziv transformatsiyasi” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyiha BMTning UNICEF, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), “Yuksalish” umummilliy harakati va Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Maqsad — mahalliy boshqaruv tizimini bolalar va yoshlar ehtiyojlariga moslashtirish, ularning ovozini eshitish va imkoniyatlarini kengaytirish.
Tadbirda Shahrisabz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Uzoqov, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
#Shahrisabz #YoshlarUchrashuvi #BMT #UNICEF #Yuksalish #InklusivBoshqaruv #YoshlarKelajagi







