1 dekabrdan pensiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi.
2023-11-17 18:35:00 / Jamg'arma yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 17 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi 196-sonli farmoniga ko‘ra, joriy yil 1 dekabrdan pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda. Yaʻni Farmonga muvofiq:
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
- nogironlik pensiyasi miqdori - 800 ming so‘m;
- yoshga doir nafaqa, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga beriladigan nafaqa miqdori - 608 ming so‘m;
- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchi oilaning bir nafar aʻzosiga 682 ming so‘m va keyingi har bir oila aʻzosiga 212 ming so‘mdan;
- nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga beriladigan nafaqa, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori miqdori - 800 ming so‘m.
Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln nafar fuqarolarning pensiya va nafaqalari miqdori ko‘payadi.
