Farzandimga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olaman. Bu pensiya qachongacha toʻlanadi?
2025-11-27 14:30:00 / Jamg'arma yangiliklari
Qonunchilikka muvofiq, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi vafot etgan boquvchining oila aʼzosiga 18 yoshga toʻlguniga qadar tayinlanadi va toʻlanadi.
Eslatma: Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va qoʻshimcha toʻlov taʼlim tashkilotining oʻquvchisi va talabalariga oʻqishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga toʻlguniga qadar tayinlanadi va toʻlanadi.
