Korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy maqsadimiz!
2025-11-21 11:50:00 / Jamg'arma yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 1-30-noyabr kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilayotgani munosabati bilan Pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan “Korrupsiyasiz kelajak barchamizning maqsadimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlarining barcha xodimlari qatnashdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati prokuraturasi boshqarmasining bo‘lim katta prokurori L. Ubaydullayev hamda Toshkent viloyati Nuroniylar kengashi a’zosi V. Madmarovlar taklif etildi.
Tadbirda pensiya ta’minoti sohasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, tizim sha’ni va obro‘yini himoya qilish, raqamlashtirish jarayonlarining shaffoflikni ta’minlashdagi o‘rni hamda korrupsiyaning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.
Seminar davomida xodimlarga har bir murojaat, har bir hujjat va har bir xizmatko‘rsatishda halollik, mas’uliyat vaqonuniylikka qat’iy amal qilish zarurligi ta’kidlandi.
Shu o‘rinda, Pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyati boshqarmasi mas’ullari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keng jamoatchilik bilan hamkorlik uchun Pensiya jamg‘armasining “12-71” hamda boshqarmada tashkil qilingan (95) 340-40-18 ishonch telefonlari doimiy faoliyat ko‘rsatayotganligini eslatib o‘tadi.






