Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova Qashqadaryoda
2025-09-24 09:30:00 / Yangiliklar

Dastlab, Bosh vazir o'rinbosari Dehqonobod tumanida joylashgan "Oila va xotin-qizlar maskani"da bo'lib, maskanda tashkil etilgan xizmatlar sifatini oshirish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
So'ng Vazirlar Mahkamasining 376-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan “Tadbirkorlik va salomatlik markazi”da olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan Umida Shukurova va Gulnoz Joʻrayeva bilan suhbatlashilib, ularning faoliyati va ehtiyojlari muhokama qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosari xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda hudud imkoniyatlaridan kelib chiqib yangi ish o‘rinlarini yaratish zarurligini ta’kidladi.
Tadbirkor Ma’rifat Ibragimova bilan bo'lib o‘tgan suhbatda esa faol ayollarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ularni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

