Iqtisodiy mustaqillikdan – ijtimoiy faollik sari
2025-08-11 10:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda Bosh vazir o’rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy kengashlar deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda:
Ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash;
Huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Oilaviy zo‘ravonlikka barham berish;
Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Darhaqiqat, Qoraqalpog‘istonda so‘nggi yillarda 200 dan ortiq ayol rahbarlik lavozimlariga tayinlandi, yuzlab xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun grant va kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlandi. Oilaviy muammolarni hal etish va huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Ayollar daftari” tizimi samarali yo‘lga qo‘yildi.
Xotin-qizlar faolligi – jamiyat taraqqiyotining muhim omili, degan g‘oya anjuman ishtirokchilarining asosiy xulosasiga aylandi.

