Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi yuzasidan
2025-02-13 13:50:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida qator hukumat vakillari, xalqaro tashkilot rahbarlari, ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvlar, hamda biznes forum o‘tkazildi.
Indoneziya tashqi ishlar vaziri Sugiono bilan ikki mamlakat o‘zaro munosabatlarini jadallashtirish, rishtalarni mustahkamlash, iqtisodiy diplomatiya ustuvorligi hamda ikki davlat xalqlarini yanada yaqinlashtirishga qaratilgan keng qamrovli uchrashuv o‘tkazildi. Har ikki davlat oldinda erishish uchun katta imkoniyatlar mavjudligiga ishonch bildirdi. Tashqi ishlar vazirlari diplomatik pasport egalari uchun viza talablaridan ozod qilish toʻgʻrisidagi shartnomani ham imzoladilar.
Shuningdek, savdo vaziri Budi Santoso, savdo-sanoat palatasi raisi Anindya Bakri, madaniyat vaziri Fadli Zon va mamlakatning yetuk kompaniya rahbarlari bilan samarali uchrashuvlarda sohabay yaqin hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
ASEAN Bosh kotibi Kao Kim Xorn bilan uchrashuvda Markaziy Osiyo va ASEAN oʻrtasidagi hamkorlik koʻlamini kengaytirish va chuqurlashtirish muhimligi taʼkidlandi. Muzokaralar mintaqaviy rivojlanish, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, savdo, xavfsizlik va barqaror rivojlanish kabi sohalarda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini qamrab oldi.
O‘zbekiston-Indoneziya biznes-forumida yetakchi kompaniyalar, davlat idoralari va moliya institutlarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etib, savdo, sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini chuqurlashtirishga qiziqish ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Forum kompaniyalarga to'g'ridan-to'g'ri aloqalar o'rnatish, potensial kelishuvlar bo'yicha muzokaralar olib borish va o'zaro manfaatli loyihalarni o'rganish imkonini beruvchi qimmatli tarmoq platformasi bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston va Indoneziyaning o‘zaro bog‘langan ishbilarmonlik muhitini yaratishga intilishi alohida ta’kidlandi.