Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Samarqand viloyatida
2025-01-31 17:15:00 / Yangiliklar

Tashrifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-1-sonli Qaroridan kelib chiqadigan vazifalarning ijro holatini o‘rganish maqsadi ko‘zlangan.
Shu ma’noda viloyat hokimligida Ichki ishlar vaziri hamda hududiy mas’ullar ishtirokidagi yig‘ilishda qatnashildi.
Oqdaryo tumanining “Yangi qo‘rg‘on” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, oilalar farovonligini oshirish orqali oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilinib, vazifalar belgilandi.
Muammoli va nizoli oilalar, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan yoki sodir etishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy faol ayollardan, “ma’naviy murabbiy”lar biriktirish kabi qator holatlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.


