Ayol - taraqqiyot timsoli
2025-01-29 10:15:00 / Yangiliklar
Unda Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi qoshidagi "Ayol ma'rifati" ilmiy-ijodiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Dilbar G'ulomova, Kolumbiya universiteti professori Aziza Shonazarova, tarix fanlari doktori, professor Dilorom Alimova, O'zbekiston Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklor instituti etakchi ilmiy xodimasi, filologiya fanlari nomzodi Burobiya Rajabova, shoira, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimova, Yangi O'zbekiston universiteti prorektori, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Hilola Nazirova, Oyina.uz. portali bosh muharriri Inobat Axadova, hududiy studiyalardan; Samarqand davlat universiteti dotsenti Mahkamoy Tursunova va Buxoro viloyati hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i, biologiya fanlari doktori, professor Hafiza Artikovalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda oila va ayol ma’naviyati, yosh qizlar tarbiyasi, xotin-qizlarning salohiyati va ma’rifatini oshirish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash borasida yangicha yondashuvlar zarur ekanligi, jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratishda xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, ma’rifatli jamiyatni qurishda ma’rifatli onalarning rolini keng targ‘ib qilish, ezgu g‘oyalar tashviqotini kuchaytirish, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish ishlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri ekanligi ta'kidlandi.
Anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova so‘zga chiqib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi vazifalar haqida to‘xtaldi. "Ayol ma’rifati" jamoatchilik tuzilmasi oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-1-sonli Qaroridan kelib chiqadigan vazifalar, bu jarayonda keng jamoatchilikning ishtiroki haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, “Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashi vakillarini birlashtirgan asosiy maqsad – bu zamonamizning har tomonlama rivojlangan, bilimli, ma’naviyatli ayollarini yuksaltirish va ular orqali jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdir.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar nafaqat ayollarni, balki, butun jamiyatni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Har bir so‘z, har bir ma’ruza, har bir fikr o‘z orasidan bir katta g‘oyani, yangi yo‘lni va istiqbolni ochdi. Faqat ayollar ma’rifati emas, balki butun jamiyatning o‘zgarishga, taraqqiyotga bo‘lgan intilishi, ilm va bilimdonlikka bo‘lgan talabi sezildik, his qilindi.
Ushbu konferensiya nafaqat xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini o‘rganish, balki ularning salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiluvchi muhim qadam bo‘ldi.