O‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishildi
2025-01-10 09:10:00 / Yangiliklar
Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova huzurida ayollar jinoyatchiligi va oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish borasida joriy yilda tegishli hamkor vazirlik hamda idoralar bilan amalga oshiriladigan ishlar batafsil muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i B.Berdialiyev hamda tegishli idoralar va Ichki ishlar vazirligi mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ishchi guruh yig‘ilishida joylarda mavjud ayrim holatlar, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil qilish borasidv vazifalar belgilab olindi.