Gender masalalari muhokama qilindi
2024-12-14 09:00:00 / Yangiliklar
Mazkur muloqotdan ko‘zlangan maqsad – amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar, hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish, ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirishdan iborat.
Uchrashuvda mehmon tomondan joriy etilishi ko‘zda tutilayotgan Texnik ko‘mak loyihasi taqdimot qilindi. Taqdimotda, jumladan, Qo‘mita va uning 14 ta hududiy bo‘linmalarining kamida 30 nafar xodimi uchun gender byudjetlashtirish, gender auditi, genderga asoslangan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha treninglar tayyorlash va o‘tkazish; Maslahat kengashlarining ish faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; davlat organlari Maslahat kengashlarining ishlarini rejalashtirish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalarini, gender faoliyati dasturini ko‘rib chiqish va yangilangan, takomillashtirilgan yo‘riqnomalarni tayyorlash;
Gender masalalari bo‘yicha kelgusi hamkorlik uchun tavsiyalar ishlab chiqish haqida suhbatlashildi.
Uchrashuv yakunida Z.Maxkamova tomonidan xalqaro moliya instituti tomonidan tavsiya etilayotgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanishi hamda tegishli taklif va tavsiyalar bildirilishi ma’lum qilindi