Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Euronews telekanali direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi
2024-11-20 10:50:00 / Yangiliklar
2024-yil 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Euronews telekanali direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda vazirlik vakillari tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida so‘nggi yillardagi ijobiy o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida taqdimot qilindi.
Euronews telekanali delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlardan, ijobiy yangiliklardan qisman xabardor ekanligini bildirib, Yevropa ittifoqi bilan hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi soha taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.