Хalqaro anjuman
2023-09-21 10:35:00 / Yangiliklar
Tadbirni Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyodagi taʼlim boʻyicha global amaliyot rahbari Rita Almeyda ochib berdi.
Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ko‘plab islohotlar qatorida oliy ta‘lim sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgani, bugunga kelib, bu yangilanish oliy ta‘limning dinamik o‘sishidan dalolat ekani ta‘kidlandi.
Keyingi o‘n yillikda oliy o‘quv yurtlari va talabalar soni salmoqli darajada oshdi. Bugungi kunda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda 1,8 millionga yaqin talabalarga ta‘lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi 430 dan ortiq oliy ta‘lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bosqichma-bosqich ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish, texnologiyalarni transfer qilish hamda xususiy oliy o‘quv yurtlarining faoliyati uchun sharoit yaratish orqali milliy oliy ta‘lim tizimlarini bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiqlashtirdi.
Hozirgi vaqtda mintaqa ta‘lim jarayonlarini internatsionallashtirish strategiyasiga amal qilmoqda.