Energetika sohasida yangi loyihalar muhokama qilindi
2026-10-23 11:30:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va yangi sanoat loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, mahalliy ko‘mirni chuqur qayta ishlash orqali elektr energiyasi, o‘g‘it va yoqilg‘i ishlab chiqarish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Bunday tashabbuslar energiya resurslaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va sanoatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’lkidlandi.
Uchrashuv yakunida Toshkent viloyati hokimligi va Powerscape Global kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun, Powerscape Global kompaniyasi 2023-yilda AQSHda tashkil etilgan bo‘lib, asosan, ko‘mirni gazlashtirish texnologiyalari orqali elektr energiyasi, o‘g‘it ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo va boshqa sanoat mahsulotlarini olish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.

