Xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
2026-10-22 09:45:00 / Yangiliklar

Jumladan, Qirg‘iz Respublikasi maʼorif vaziri Dogdurkul Kendirbayeva bilan uchrashuvda qirg‘iz tilida taʼlim beriladigan maktablar uchun darsliklar tayyorlash, pedagoglar malakasini oshirish, tajriba almashish hamda oliy taʼlim tashkilotlari o‘rtasida qo‘shma dasturlar va talabalar almashinuvini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Fransiya Respublikasining bolalar masalalari bo‘yicha oliy komissari Sara El-Xayri bilan uchrashuvda esa maktabgacha taʼlimni rivojlantirish, inklyuziv taʼlimni qo‘llab-quvvatlash, pedagoglar malakasini oshirish hamda bolalar farovonligini taʼminlash sohasida tajriba almashish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha inson taraqqiyoti yo‘nalishi mintaqaviy direktori Aparnaa Somanatan bilan muloqotda maktab taʼlimi sifatini oshirish, taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish, pedagoglar salohiyatini mustahkamlash va «Bilim» loyihasini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvlar taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish va bolalar uchun sifatli taʼlim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.


