Germaniya bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
2026-10-19 11:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda viloyatda kompaniya bilan boshlangan amaliy hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli loyihalarni aniq mexanizmlar asosida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniyaning ta’lim va texnologiyalar sohasidagi tajribasidan foydalangan holda yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quvchilar almashinuvi dasturlarini tashkil etish, iqtidorli yoshlar uchun stipendiya va mukofotlar joriy qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslari ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimi yoshlarga sifatli ta’lim berish, ularning chet tillarini o‘rganishi, zamonaviy kasblarni egallashi va xalqaro tajriba orttirishi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Hamkorlikni aniq vazifalar va bosqichlarni qamrab olgan “yo‘l xaritasi” asosida rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Muloqot davomida ustuvor yo‘nalishlar belilanib, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar kelishib olindi.
Ma’lumot o‘rnida, “Prosica GmbH” - ta’lim va texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot – kasbiy tayyorgarlik dasturlari, amaliy ilmiy tadqiqotlar, texnologiyalar transferi hamda xalqaro inson resurslari rivojlanishi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, IT va sun’iy intellekt loyihalarini amalga bilan ham shug‘ullanadi.
