Hukumat komissiyasi Toshkent viloyatining Parkent tumanida
2026-10-14 15:20:00 / Yangiliklar

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida tumanga $101 mln xorijiy investitsiya jalb etildi, eksport hajmi $62,9 mln ni tashkil qildi. Yillik rejaning mos ravishda 74 va 69,8 foizi bajarildi.
Farmatsevtika va tibbiyot mahsulotlari
«MAGNIT GRAND FARM» MCHJda onkologiya sohasida zarur bo‘ladigan tibbiy preparatlar ishlab chiqarish loyihasi ko‘rib chiqildi. Qiymati $14 mln lik loyiha doirasida 200 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Korxona 2027-yil yanvar oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.
«ELASTIKUM» MCHJda tibbiyotda qo‘llaniladigan bint va elastik mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Qiymati $10 mln bo‘lgan loyihaning ikkinchi bosqichi 2026-yilda ishga tushirilgan. Korxonada 300 ta ish o‘rni yaratilgan, yillik ishlab chiqarish quvvati 2 ming tonnani tashkil etadi. Tashrif davomida qo‘shimcha elektr tarmog‘iga ulanish va yer maydoni toifasini o‘zgartirish masalalari ko‘rib chiqildi.
To‘qimachilik va tog‘-kon sanoati
«ALITEX INOVATION» MCHJ QKda mato ishlab chiqarish va bo‘yash loyihasi taqdim etildi. Qiymati $3,5 mln lik loyiha doirasida 190 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Korxonada gaz tarmog‘idan foydalanish bilan bog‘liq murojaat ko‘tarildi.
«LIMAOMAOLI METAL COMPANY» MCHJ XK — qiymati $50 mln bo‘lgan temir rudasini qazib olish va boyitish loyihasi 240 gektar maydonni qamrab oladi. Loyiha doirasida 400 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Quvvati — 1 mln tonna mahsulot. Uchrashuvda xorijiy ishchilarni vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish, elektr ta’minoti uchun podstansiya qurilishini jadallashtirish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.


