Qishloq ayollari — agrar soha taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchidir!
2026-10-09 09:55:00 / Yangiliklar

Qator vazirliklar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjuman qishloq hududlarida xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni zamonaviy texnologiyalar va agrobiznesga faol jalb etish maqsadida yuzdan ortiq ekspert va fermer ayollarni bir maydonda jamladi.
Forumning eng muhim va yorqin natijalari:
Fermer ayollarimizning tadbirkorlik salohiyatini namoyish etuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda agroinnovatsion startaplar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi;
Qishloq hududlari rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, innovatsion yondashuvlarga ega faol xotin-qizlar “Yilning eng yaxshi fermer ayoli — 2026” respublika tanlovi doirasida tantanali taqdirlandi;
Anjuman yakunida xotin-qizlarning agrar ilm-fan va biznesdagi o‘rnini mustahkamlash, ularni tizimli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim qadam bo‘lgan tarixiy “Toshkent deklaratsiyasi” qabul qilindi.
Fermer ayollarimizning fidokorona mehnati, ilm-fanga va yangilikka bo‘lgan intilishi — yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligi va jamiyatimiz farovonligining eng ishonchli mustahkam poydevori hisoblanadi!

