BMTning Ayollar tuzilmasi bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi
2026-09-28 09:30:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning bandligini oshirish hamda tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar muhokama qilindi.
Belen Sanz Luke O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi izchil islohotlarni yuqori baholab, mamlakatimizning bu boradagi mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarni ilgari surishga qo‘shayotgan muhim hissasini alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv yakunida “genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish” va statistikani rivojlantirish, hududlarda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, “gender zo‘ravonligi”ning oldini olish hamda sohaviy forum va tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

