Xitoy tajribasi — Toshkent viloyati tibbiyotida yangi imkoniyatlar
2026-09-18 10:50:00 / Yangiliklar

Muloqotda molekulyar va tibbiy diagnostika mahsulotlarini mahalliylashtirish, zamonaviy PCR hamda ekspress-diagnostika uskunalarini joriy etish, yuqumli va onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Sansure Biotech Inc.” 2008-yilda tashkil etilgan bo‘lib, gen texnologiyalari va molekulyar diagnostika yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning strategik markazlaridan biri Changsha shahrida joylashgan bo‘lib, uning mahsulot va yechimlari 160 dan ortiq mamlakat va hududlarda qo‘llanmoqda.
Uchrashuvda Toshkent viloyatida zamonaviy tibbiy diagnostika texnologiyalarini rivojlantirish hamda kompaniyaning Markaziy Osiyo bozoridagi faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, viloyat delegatsiyasi “Sansure Biotech Inc.” kompaniyasining faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, kompaniyaning molekulyar diagnostika, gen texnologiyalari, PCR va ekspress-diagnostika yo‘nalishlaridagi ishlari, zamonaviy tibbiy mahsulotlari hamda texnologik yechimlari haqida ma’lumot olindi.


