Vodiy bo‘ylab o‘rganishlar davom etmoqda
2026-08-10 09:35:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini tizimli yo‘lga qo‘yish, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etish maqsadida hududlarda amaliy o‘rganishlar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘rganishlar jarayonida hududdagi mahalla yettiligi va xotin-qizlar faollari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda asosiy e’tibor “Xotin-qizlar balansi”ni shakllantirish, ushbu ro‘yxatga kiritilgan ayollar hamda ularning oilalariga tizimli yordam ko‘rsatish, ularni og‘ir vaziyatdan olib chiqish masalalariga qaratildi.
Shu kunning o‘zida o‘rganish ishlari Andijon viloyatida davom etdi. Bu yerdagi muloqotlarda ham eng dolzarb vazifa sanalgan balans bilan ishlash jarayonlari atroflicha tahlil qilindi. Mahalladagi xotin-qizlar muammolarini ijobiy hal etishda faollarning rolini oshirish, ularning vakolatlarini kengaytirish hamda munosib imkoniyatlar yaratish bo‘yicha taklif-tashabbuslar muhokama qilindi.


