Farg‘onada Koreya investitsiyasi ishtirokidagi korxona tez kunlarda ishga tushiriladi
2026-08-06 15:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Ekoshahardagi korxona qurilishining borishi, IT va ta’lim yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalar hamda yangi rejalar haqida so‘z yuritildi.
Mazkur kompaniya viloyatimizdagi loyihaga 20 million dollar miqdorida sarmoya kiritmoqda. Yangi korxonada ichki bozor va eksport uchun interaktiv elektron doskalar (IFPD), elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar, tibbiy jihozlar va boshqa turdagi mahsulotlar mahalliy tarzda ishlab chiqariladi.
Viloyat rahbari koreyalik investorning loyihani hayotga tatbiq etishdagi faolligi va mas’uliyatini, yangi hamkorlarni jalb etish hamda investitsiyaviy muhitni kengaytirish borasidagi tashabbuslarini yuqori baholadi.
Kompaniya rahbari Ku Gi Do Ekoshaharda olib borilayotgan loyihaning qurilish-montaj ishlari yakuniy bosqichga kelganini va ishlab chiqarish korxonasi sentabr oyida ishga tushirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, xitoylik hamkorlar bilan birgalikda butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim va axborot texnologiyalari sohalariga grant mablag‘larini jalb etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.
Muloqot davomida loyihani yakunlash va ishga tushirish bilan bog‘liq ayrim masalalar ko‘rib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Viloyat hokimi xorijlik hamkorlarning barcha istiqbolli takliflari va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.
Muloqot yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida tadbirlar belgilandi.


