Ichimlik suvi ta’minotida ilg‘or tajribalar qo‘llaniladi
2026-08-05 09:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda viloyatimizda suv ta’minoti infratuzilmasini takomillashtirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
"Formula of Water Group" suv ta’minoti va suvni tozalash sohasida kompleks yechimlarni taklif etuvchi kompaniyalar guruhi bo‘lib, obyektlarni loyihalash, zamonaviy uskunalarni ishlab chiqarish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, ishga tushirish va keyingi servis xizmatlarini ko‘rsatishgacha bo‘lgan to‘liq ish jarayonini qamrab oladi.
Muloqot davomida Juk Dimitriy kompaniyaning xalqaro tajribasi, amalga oshirilgan loyihalari haqida taqdimot qildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur yo‘nalish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ta’minlanishini bildirdi. Shuningdek, mas’ul rahbarlarga investorlar bilan yaqin hamkorlik qilish, zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda dastlab Quva tumanida ichimlik suvi ta’minotida muammosi bo‘lgan mahallalarda loyihani tajriba-sinov tariqasida amalga oshirish, erishilgan natijalar asosida uni viloyatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich joriy etish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
O‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi.

