“Harvard Growth Lab” bilan hamkorlik
2026-07-31 09:20:00 / Yangiliklar

Muloqotda asosiy e’tibor yurtimiz xotin-qizlarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va ularning barqaror daromad topishi uchun zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratildi. Tomonlar ayollar bandligini oshirish salohiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli tarmoqlarni belgilash hamda bu boradagi mavjud to‘siqlarni chuqur tahlil qilish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish muhimligi ta'kidlandi. Shu maqsadda, “Xotin-qizlar liderlik akademiyasi”ni xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim dasturlari asosida nufuzli platformaga aylantirish takliflari ko‘rib chiqildi.
Yakunda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarga asoslangan milliy strategiyani ishlab chiqish va amaliy hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.


