Har bir murojaat ortida inson taqdiri
2026-07-28 09:15:00 / Yangiliklar

Dastlab “O‘choqli” mahallasidagi Ijtimoiy integratsiya markazi faoliyati bilan tanishildi. Uchrashuv davomida qarovsiz qolgan, huquqbuzarlik sodir etgan bolalarni 6 oy, 1 yildan so’ng o’z oilasiga sog’lom muhitga qaytarish uchun oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mutaxassislar hamkorligida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Shuningdek, tibbiy yordamga muhtoj fuqarolar holidan xabar olinib, “Rovotak” mahallasida yashovchi Z.Nazarovaning ko‘z jarrohligi hamda “Adolat” mahallasida istiqomat qiluvchi D.Usmonovaning endoprotez amaliyotini qisqa muddatlarda tashkil etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda zarur choralar belgilandi.
“Adolat” mahallasida yashovchi, o‘zi va turmush o‘rtog‘i I guruh nogironligi bo‘lgan T.Bozorova xonadonida ham bo‘linib, amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Hozirda ularning uyi erkin harakatlanish uchun moslashtirilmoqda. Buning uchun 60 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Bundan tashqari, T.Bozorovani qiziqishidan kelib chiqib tikuvchilik kasbiga o‘qitish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Har bir xonadonga tashrif, har bir murojaat va har bir suhbatning yagona maqsadi — inson hayotidagi muammoni o‘z vaqtida mahallaning o’zida tizimli hal etish, oilalarga amaliy ko‘mak berish va ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashdir.
O‘rganilgan barcha masalalar mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda alohida nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettiriladi.

