III Xalqaro maqom san’ati anjumani boshlangan: Ilk kun yurt va dunyo madaniyatlari uchrashuvi
2026-06-25 09:20:00 / Yangiliklar

Konferensiya davomida Sharq maqomoti an’analarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish, maqom san’atining tarixiy taraqqiyoti, ilmiy-nazariy masalalari hamda zamonaviy ta’lim va madaniy integratsiya istiqbollari yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, fikr almashildi.
Forumning faxriy mehmonlari sifatida AYSESKO Bosh direktori doktor Salim Muhammad Al-Malik, YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Nosir Hamad Hinzab, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev hamda Turkiy madaniyat va meros fondi prezidenti Aktoti Raimqulova ishtirok etdi.
Ertaga konferensiya o‘z ishini davom ettiradi. Ikkinchi kun doirasida sho‘ba yig‘ilishlari hamda maqom san’atining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy muhokamalar bo‘lib o‘tadi.


