Bo'ka tumani: xotin-qizlar tadbirkorligi va oila mustahkamligiga alohida e'tibor qaratilmoqda
2026-05-25 09:45:00 / Yangiliklar

Jumladan, tumanda faoliyat yuritayotgan "Oila va xotin-qizlar maskani"da bo‘lib, muassasada ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi. Maskanda nikohga tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bir guruh yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Ular bilan muloqot jarayonida oilaviy hayot, mas’uliyat va sog‘lom munosabatlar yuzasidan qimmatli fikrlar almashildi. Kurs bitiruvchilariga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.
So‘ngra Bosh vazir o‘rinbosari tumandagi markazlashgan pillaxona faoliyatini o‘rgandi. Amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlari va iqtisodiy samaradorlik masalalari batafsil tahlil qilindi.
Shuningdek, Bosh vazir o’rinbosari "Xo‘jaqo‘rg‘on" mahallasida tadbirkor ayol Oqila Ashirqulova xonadonida bo‘ldi. Uy sharoitida tikuvchilik korxonasini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan Oqila Ashirqulova mahallada "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turgan ayollarni ish bilan ta’minlab, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga munosib hissa qo‘shmoqda. Zulayho Maxkamova ayollar bilan bevosita suhbatlashib, ularning ehtiyojlari, takliflari va muammolarini tingladi. Barcha masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga zarur ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.
Loyiha va tashabbuslar xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni faol iqtisodiy hayotga jalb etish hamda tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida samarali qadam bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday tashabbuslarni kengaytirish va ularni tizimli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
