“Mahalla ligasi” sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga start berildi
2026-05-14 09:35:00 / Yangiliklar
Bosh vazir o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Zulayho Maxkamova ishtirokida Toshkent shahridagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida "Mahalla ligasi" sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumining tantanali ochilish marosimi o'tdi.

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 30 yoshdan yuqori aholi o'rtasida o'tkazilayotgan ushbu musobaqalar ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishning samarali mexanizmiga aylangan. Joriy mavsum uchun 3 million 800 mingga yaqin aholi ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ishtirokchilarning 52 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Marosim yakunida respublika bo'ylab 14 ta hudud va 208 ta tuman hamda shaharlar bilan onlayn bog'lanilib, yangi mavsum tantanali start oldi.


